1

​MIYa ChAYQALIShI ASORAT BERMASIN DESANGIZ...

Salomatlik 11.07.2017, 12:15
Teglar: Salomatlik
​MIYa ChAYQALIShI ASORAT BERMASIN DESANGIZ...

Miya chayqalishi ko`proq yoshlarda, sportchi yoki xavfli kasb egalarida, shuningdek, avtofalokat, boshqa baxsiz hodisa tufayli sodir bo`lishi mumkin. Bu holatda, eng asosiysi, miya chayqalishidan keyin bemorni to`g`ri parvarishlashdir. Aks holda, jiddiy asoratlar yuzaga kelib, bemorning ahvoli yomonlashaveradi. Demak, bemor ma`lum vaqt shifokorning barcha ko`rsatmalariga amal qilishi shart. Miya chayqalishidan keyingi hayot tarzi haqida shifokor-neyroxirurg Odilxon USMONXONOV ma`lumot beradi.

ASOSIY ShART

Bosh miya chayqalishidan keyin shifokor birinchi o`rinda asorat qoldimi-yo`qmi tekshiradi. Odatda, to`g`ri davo kursidan keyin odamda hech qanday asorat qolmaydi. Faqat ma`lum vaqt davomida, holsizlik, bosh og`rig`i, ob-havo o`zgarishiga ta`sirchanlik sezilishi mumkin. Lekin bemor vaqtida dam olmaganida yoki davo kursi yakunlanmaganida asoratlar kuchayadi. Ba`zilar miya chayqalganidan keyin tez toliqadigan, asabiy, hatto urishqoq, tajovuzkor, boshqalar esa depressiyaga moyil bo`lib qolishi mumkin. Yana miya chayqalishidan keyin odamning boshi og`riydigan, uyqusizlik qiynaydigan, diqqatini jamlolmaydigan, tez shamollaydigan holatga keladi. Bunday paytda shifokor tinchlantiruvchi, og`riqsizlantiruvchi dori-darmonlar buyuradi. Ammo ular ham vaqtinchalik ta`sir ko`rsatadi. Shunday ekan, miya chayqalishidan keyin ma`lum qoidalarga rioya qilish kerak.

HAMMA NARSA VAQTIDA BO`LSIN

Miya chayqalishidan keyin bemor bir hafta yotib davolanish tartibiga rioya qilishi shart. Kamida 2 hafta davomida quyidagilar TAQIQLANADI:

  • *biror ish bilan shug`ullanish,
  • *mashina haydash;
  • *sport bilan shug`ullanish;
  • *oftobda yurish,
  • *saunaga borish,
  • *musiqa eshitish,
  • *televizor tomosha qilish,
  • *kompyuterda ishlash,
  • *kitob-gazeta o`qish,
  • *3 kg dan ortiq yuk ko`tarish,
  • *tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste`moli;
  • *sho`r, achchiq, haddan ziyod qovurilgan taomlar iste`mol qilish taqiqlangan.

DAVOSI NAZORATDA

Shifokor buyurgan har bir dori-darmonni o`z vaqtida qabul qilishni unutmang. Ayniqsa, bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydigan dorilarni o`z vaqtida qabul qiling. Chunki bosh miya chayqalishidan keyin odatda, bemorning qon bosimi ko`tarilib turadigan bo`lishi mumkin. Bu esa, ayniqsa, yozning jazirama kunlarida xavfli omil hisoblanadi. Oradan bir oy o`tib, shifokor-neyroxirurg yoki travmatolog ko`rigidan o`tish kerak. Zarur bo`lsa, elektroensefalogramma tekshiruvi ham qilinadi. Bemor har olti oyda nevropatolog ko`rigidan o`tib, tegishli davo kursini olib tursa, hech qanday asorat uni qiynamaydi.

OVQATGA KO`P NARSA BOG`LIQ

Taomnomadagi barcha ovqatlar vitaminga boy bo`lishi kerak. Bu miyadagi qon aylanishni yaxshilash, bemorni tinchlantirish va quvvatlantirish uchun kerak.

Bir oy davomida sutli ugra oshi, grechixali dimlama osh, lavlagili karam sho`rva, ko`proq chaq-chuqlar (ayniqsa, yong`oq va bodom), kalla go`shti, jigar, kurka va tovuq go`shti, haftada bir marta, albatta, baliq iste`mol qilish kerak. Mevalardan banan va sitruslilar, shotut va anor foydali. Ichimliklardan kun davomida siydik haydovchi na`matak, zirk solingan yoki olxo`rili kompot, asalli ko`k choy ichish kerak.

XALQONA YoRDAM

*ASABIYLAShSANGIZ:

Zira urug`ini yanchib, bir chimdim ko`k choy va moychechak bilan aralashtirib, choy qilib iching.

*QUVVATSIZLIK SEZSANGIZ:

Yong`oq, limon va asal aralashmasini har kuni nahorga qabul qiling

*TUShKUNLIKDA:

1. Bananni maydalab, shakar, sut bilan aralashtirib iste`mol qiling.

2. Kartoshkani qo`rda (po`sti bilan) pishirib eng.

*BOSh MIYaDA ASORAT QOLMASLIGI UChUN:

1. Ismaloq, ko`kpiyoz, 2 dona suvda pishgan tuxum sarig`i (yaxshisi o`rdak yoki bedana tuxumi bo`lsin) va zaytun moyini aralashtirib, salat tayyorlab eng, u miyaga quvvat bo`ladi, asorat qoldirmaydi.

2. Karam suvini siqib, maydalangan zig`ir urug`i bilan aralashtirib, ochqoringa yarim piyoladan ichiladi.

*BOSh OG`RIYVERSA:

Dolchin va yalpizni teng aralashtirib, bir choy qoshig`iga 2 piyola suv quyib damlanadi, yarim soat dam edirib kun davomida ovqatlanish orasida ichsangiz, og`riq qiynamay qo`yadi, uyqungiz tiniqlanadi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1