Doim boy odamlar qanday yashashini kuzatish qiziqarli.
AdMe.ru Institut Le Rosey maktabiga sayohatga chorladi.
Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni «qirollik maktabi» deb ham yuritishadi.
1880 yildan to hozirgi kungacha maktab va qasrni bir avlod vakillari boshqarib kelishadi.
Le Rosey maktabining 2 ta qarorgohi bor: yozgi...
...Va qishki.
Qishda maktab o`quvchilarga sportning turli turlari bo`yicha darslar taklif qiladi.
Yozgi kampusda esa bolalar bo`sh vaqtlarini suv havzasi oldida o`tkazishadi.
O`qish kuni 7:00 dan boshlanib, bolalar o`z xonalarini yig`ishtirib, nonushta qilishadi.
8:00 dan 15:30 gacha darslar, kunning o`rtasida bolalar tushlik qilishadi va issiq shokolad eyishadi.
16:00 dan 19:00 gacha barcha o`quvchilar sport yoki ijod bilan shug`ullanishlari mumkin.
19:30 da o`quvchilar tungi ovqat tanovvul qilishadi, 20:00 dan 21:00 gacha uy vazifalarni tayyorlashadi.
Bolalar guruh-guruh bo`lib kutubxona yoki xollarda dars tayyorlashlari mumkin.
O`qishdan tashqari o`quvchilar qayiqlarda uchishadi, sayohatlarga chiqishadi.
Maktab dunyoning turli erlaridan bo`lgan bolalar uchun mo`ljallangan, ammo faqat bir kichik sharti bor: ota-onalar yillik ta`lim uchun € 100 ming to`lashlari kerak.
Ammo pul asosiysi emas. Muhimi bolalar bir oiladay yashashadi va ta`lim olishadi.