“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Xuan Mata klubning yangi a`zosi Romelu Lukakuni tabrikladi.
“Romelu Lukakuni “MYu” a`zosi bo`lgani bilan tabriklayman – u dunyodagi eng katta butsalarga ega”, – deya hazil tariqasida yozdi Mata “Tvitter”dagi sahifasiga.
Eslatib o`tamiz, belgiyalik futbolchi “MYu” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra “qizil iblislar” uning transferi uchun 85 mln evro to`lagan.
O`tgan mavsumda Romelu Lukaku “Everton”ning barcha musobaqalarida jami 39 o`yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 7 ta golli pasga mualliflik qilgan.