Reddit ijtimoiy tarmog`ining JuddJasper nikli foydalanuvchisi manzarali selfi s`yomkasi paytida suratga tushayotgan qizning ikkinchi boshi paydo bo`lgani aks etgan fotosuratni foydalanuvchilar diqqatiga havola etdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri
Qiz manzarali selfiga xos bo`lgan keng burchakli selfini sinovdan o`tkazgan. Mazkur selfiga tushish uchun ma`lum vaqt qimirlamaslik talab qilinadi, ammo qiz to`satdan aksa urgani uchun boshi “ikkita” bo`lib qolgan. Mazkur fotosuratga 3,2 ming nafar foydalanuvchi izoh yozdi. Ularning ba`zilari qizning qiyofasi mashhur — fojia va komediyani ifodalovchi teatr niqoblarini eslatadi, degan bo`lsa, ba`zilari uni ikki boshli maxluqqa o`xshatishdi.