AsosiySport

Rasman: Xames Rodriges “Bavariya” a`zosiga aylandi

'Rasman: Xames Rodriges “Bavariya” a`zosiga aylandi 'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges Germaniyaning “Bavariya” futbolchisiga aylandi. Bu haqda Myunxen klubi rasmiy sayti xabar berdi.

“Bavariya” klubi kolumbiyalik futbolchini xarid qilish huquqi bilan 2 yilga ijaraga oldi. Myunxenliklar Xamesning ijarasi uchun “Real”ga 15 million evro to`laydi.

Avvalroq iste`dodli futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Ammo, futbolchi yakunda Germaniyaga o`tishga qaror qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar