Sevastopol shahrida chaqalog`iga manniy bo`tqasini berib, bo`ktirib o`ldirgan ayol sud qilinadigan bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, 26 yoshli ayol ehtiyotsizlik tufayli uch oylik qizchasini o`ldirib qo`yganligi uchun unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, ayol 2017 yilning fevral oyi o`rtalarida shifokorlarning taqiqlariga qaramay, uch oylik qizchasiga manniy bo`tqasini edirgan. Oqibatda chaqaloq 2 mart kuni vafot etgan. Ayolga nisbatan to`plangan hujjatlar sudga yuborildi.