AsosiyDunyo
8180

​SUVILON BALIQChINING O`LJASINI OLIB QOChDI

'​SUVILON BALIQChINING O`LJASINI OLIB QOChDI'ning rasmi

Amerikalik baliqchi uning o`ljasini olib qochishga harakat qilgan ulkan suvilon bilan bo`lgan olishuvni suratga oldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Mazkur voqeani 4 iyul kuni Ayova shtatidagi Retbun ko`liga baliq ovlashga borgan Bob Xovard suratga tushirdi. Xovard baliq tutayotganda uning o`ljasini poylab turgan ulkan suvilonga ko`zi tushdi. Erkak avvaliga imo-ishora bilan suvilonni haydashga harakat qildi. Suvilon esa qarmoqqa ilingan baliqni tishlari bilan ushlab, qo`yib yubormadi. Bob baliqni tortib olishga qanchalik urinmasin, o`ljani suvilon ilib ketdi. Suvilon o`ljani tishlagancha qochib ketganiga qaramay, Xovard o`zi va suvilon o`rtasidagi jang jarayonini suratga olishga ulgurdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar