1

O`zbekiston futzal termasi "Olmaliq" klubiga mag`lub bo`ldi

Sport 12.07.2017, 17:07
Teglar: Futbol
O`zbekiston futzal termasi "Olmaliq" klubiga mag`lub bo`ldi

Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi yig`inni davom ettirmoqda. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa 2 iyuldan mashg`ulotlarga kirishgan edi.

Ayni paytda mamlakatning amaldagi chempioni "Olmaliq" klublar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy pallasiga etib kelgan, deb yozadi O`FA matbuot xizmati. Shu munosabat bilan bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi va "Olmaliq" klublari o`zaro nazorat uchrashuvi o`tkazishdi.

O`yinda avvaliga Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa 3:1 hisobida oldinga o`tib olgan edi. Lekin, keyinchalik tajribali futzalchilardan iborat olmaliqliklar to`rtta gol urishdi va g`alabani ilib ketishdi.

Nazorat uchrashuvi
"O`zbekiston" sport majmuasi
O`zbekiston MTJ - "Olmaliq" 3:5
Gollar: F.Faxriddinov 2ta, T.Sadirov - K.Sviridov 2ta, D.Rahmatov 2ta, T.Sadirov (avt.)

O`zbekiston MTJ: Rustam Umarov, Shavkat Ibragimov, Akmal Xazratqulov, Aziz Xushboqov, Feruz Faxriddinov, Alisher Ibragimov, Oybek Polvonov, Davron Choriev, Axror Umarjonov, Timur Berdiev, Anasxon Rahmatov, Dilmurod Shavkatov, Mashrab Odilov, Davron Abdurahmonov, Timur Sadirov, Akbar Usmonov, Islom Bituraev, Ixtiyor Ropiev, Xushnur Erkinov.

"Olmaliq": Klim Tyugaev, Ravshan Eliboev, Sunnat Anvarov, Jamoliddin Sharipov, Konstantin Sviridov, Artur Yunusov, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Rahmatov, Javlon Anorov, Dilshod Irsaliev, Shuhrat Tojiboev, Ilhom Rajabov, Sunnat Kuralov, Sirojiddin Mahmudov, Sarvar Shoahmedov.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi shu yilning 17-27 sentyabr kunlari Turkmanistonda o`tadigan Yopiq inshootlardagi Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik olib borayotgan bo`lsa, "Olmaliq" 20-30 iyul kunlari Vetnamda bo`lib o`tadigan klublar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorlanmoqda.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1