AsosiyShou-biznes

​“O`ZBEKKONSERT” ILK BOR OChIQ BADIIY KENGASh TAShKIL ETMOQDA

'​“O`ZBEKKONSERT” ILK BOR OChIQ BADIIY KENGASh TAShKIL ETMOQDA 'ning rasmi

Endilikda xonandalar “O`zbekkonsert” davlat muassasasiga qo`shiqlarni jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadilar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga lisenziya olish tartibi yuzasidan turli savol va takliflar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ilk maratoba oshkora tartibda, shafoflik tamoyili asosida ochiq Badiiy Kengash tashkil etilmoqda. Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasining matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan ko`zlangan asosiy maqsad 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi hamda “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta`minlash, shuningdek, lisenziya talabgorlariga Ijodiy vakillar guruhi tomonidan qo`yiladigan talab va shartlarga amal qilish borasida oshkoralik tamoyillariga erishish, xalqimiz, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan sayoz, saviyasi past, milliy ma`naviyatimizga zid bo`lgan qo`shiqlar paydo bo`lishini bartaraf etishdan iborat.

Avvallari xonandalar o`z qo`shiqlarini diskka yozdirib, qo`shiq matnlarini ilova qilgan bo`lsalar, endilikda esa xonandalar “O`zbekkonsert” davlat muassasasiga kelib o`z repertuarlaridagi qo`shiqlarni ijodiy ko`maklashuvchi vakillar (shoir, bastakor hamda ustoz xonandalar) tarkibidan iborat guruhiga jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadilar. Ijodiy ko`maklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qo`shiqlar ijrochilariga lisenziya beriladi.

Kuni kecha Turkiston saroyining kichik majlislar zalida Ijodiy vakillar guruhining navbatdagi Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda 32 nafar lisenziatning qo`shiqlari Kengash a`zolari oldida jonli ravishda tinglandi.

Lisenziya olmoqchi bo`lgan yosh ijrochi ijodkorlarga hamda keng ommaga lisenziya berish, Ijodiy ko`maklashuvchi vakillar guruhi oldida jonli ijroda o`z ijodiy salohiyatini namoyish etishni ochiq namoyish etish maqsadida ommaviy axborot vositalari jalb etildi. Bu esa lisenziya olmoqchi bo`lgan talabgorlarga nafaqat jonli ijrodagi imtihon balki, etuk mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr mulohazalar mahorat darslariga aylanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar