Mazkur video qahramoni 3 oylik, Vika ismli chaqaloqdir, deb xabar berdi Pozitivno.me nashri.
Bu yoshdagi chaqaloqlar yig`i, noaniq tovushlardan boshqa biror so`z ayta olishmaydi. Ammo Vikaning ota-onasi unga dunyoda eng kerakli bo`lgan so`zni talaffuz qilishni o`rgatdi. Qizchadan ota-onasi va boshqa nomma-nom sanalgan oila a`zolarini yaxshi ko`rishi haqidagi savolga u “yaxshi ko`raman” (“lyublyu”), deb javob berdi.
Mazkur videoni tomosha qilsangiz, bunga o`zingiz amin bo`lib, beixtiyor labingizga tabassum yuguradi.