Avstraliyalik fotosuratchi Jeymen Xadson o`zining uchuvchisiz uchadigan samolyoti videokamerasida delfinlar to`dasida suzayotgan kitni suratga oldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Jeymen Xadson mazkur videoni o`zining Instagram ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joylashtirdi. Mazkur videorolikni foydalanuvchilar 27 ming marotaba tomosha qilishgan. Xadsonning akkauntidagi yangiliklarni 30,4 ming foydalanuvchi kuzatadi.






