1

​PXUKETDAGI FOJIA: MAShHUR BIZNESMEN PARAShYuTDAN YIQILIB, HALOK BO`LDI (VIDEO)

Dunyo 14.07.2017, 15:10
​PXUKETDAGI FOJIA: MAShHUR BIZNESMEN PARAShYuTDAN YIQILIB, HALOK BO`LDI (VIDEO)

Avstraliyada mashhur bo`lgan biznesmen Rojer Jon Xassi (Roger John Hussey) Tailandning Pxuket orolida parashyutda parvoz qilayotganda 30 metrlik balandlikdan pastga qulab, halok bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

70 yoshli biznesmen turmush o`rtog`i bilan birga Tailandda dam olayotgan edi. Fojiaga kurortda dam olayotganlar guvoh bo`ldi. Fojia paraseyling mashg`uloti paytida ro`y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videoda fojiali parvoz oldidan biznesmenning jilmayib, uchishga tayyorlanayotganligini ko`rish mumkin. Instruktor bilan birga osmonga ko`tarilgan biznesmen oradan bir necha daqiqa o`tgach, noma`lum sabablarga ko`ra, dengizga qulagan. U kasalxonaga olib ketilayotganda, olgan og`ir tan jarohati tufayli vafot etdi.

Mahalliy polisiyachilar instruktor va kater haydovchisini qo`lga oldi. Ularga nisbatan o`z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganlik ayblovi qo`yildi. Dastlabki taxminlarga ko`ra, keksa sayyoh mahkamlovchi vositani echuvchi tugmani tasodifan bosgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1