1

​ShRI-LANKADA HARBIYLAR DENGIZGA TUShIB KETGAN FILNI QUTQARDI (VIDEO)

Dunyo 15.07.2017, 10:56
​ShRI-LANKADA HARBIYLAR DENGIZGA TUShIB KETGAN FILNI QUTQARDI (VIDEO)

Shri-Lankada harbiy dengiz kuchlari askarlari dengizga tushib ketgan filni qutqarish bo`yicha 12 soatlik qutqaruv operasiyasini o`tkazishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Shri-Lanka harbiy dengiz kuchlari vakili qirg`oqdan sakkiz kilometr uzoqlashib ketgan, suvga cho`kayotgan filni ko`rganliklarini ma`lum qildi. Uning fikricha, fil orolning sharqiy qismida joylashgan Kokkiliy ko`rfazidan o`tayotganda dengizga tushib ketgan.

Qutqaruv operasiyasida g`avvoslar va atrof-muhitni himoya qilish himoyachilari hamkorlikda ishtirok etishdi. Arqonlar yordamida ular filni qirg`oqqa olib chiqishga muvaffaq bo`lishdi. “Fil mo``jiza tufayli omon qoldi”, dedi Shri-Lanka harbiy dengiz kuchlari vakili.




Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1