Xonanda Jahongir Otajonov jurnalistlar uchun o`tkazgan matbuot anjumanlarida unga berilgan savollarga javob qaytardi.
Aniqroq qilib aytganda, jurnalistlar u bilan o`tkazgan uchrashuvlarida xonandadan nima sababdan klip yaratmasligi va ashulalarini MP3 shaklda taqdim etmayotganligi haqidagi ko`plab savollar bilan murojaat qilishgandi. Yuqorida keltirilgan takliflarni inobatga oldimi yoki boshqa sababdanmi u konsert dasturlarida olqishlar bilan kutib olinadigan, eng sevimli taronalaridan biriga klip suratga oldi.
Mazkur video Jahongir Otajonovning Youtube’dagi rasmiy kanaliga joylandi.
“O`rgatib qo`yma” deb nomlangan tarona videosi 14 iyul kuni joylangan bo`lsa hozirga qadar uni qariyb 5 ming marta tomosha qilishdi.
Tarona so`zlari Bobur Bobomurod qalamiga mansub, musiqa muallifi xonandaning o`zi. Quyida mazkur klipdan bahramand bo`lishingiz mumkin.