AsosiySport

"Bavariya" Xames maydonga tushgan ilk o`yinda turnir g`olibi bo`ldi

'"Bavariya" Xames maydonga tushgan ilk o`yinda turnir g`olibi bo`ldi'ning rasmi

Germaniyada “Telecom Cup” deb nomlangan bir kunlik musobaqa bo`lib o`tdi. “Borussiya Myonxengladbax”, “Verder”, “Xoffenxaym” xamda “Bavariya” jamoalari ishtirok etgan mazkur turnirda “Bavariya” yarim finalda “Xoffenxaym”ni 1:0, finalda esa “Verder”ni 2:0 hisobida mag`lub etdi va turnir g`olibi bo`ldi.

E`tiborlisi, “Real”dan ikki mavsumga ijaraga olingan Xames Rodriges mazkur turnirda yangi jamoasi safida debyut qildi. “Telecom Cup” – bu har yili yozda 4 ta jamoa ishtirok etadigan turnir bo`lib, unda o`yinlar 45 daqiqa davom etadi.

Bu vaqt davomida g`olib aniqlanmasa, to`g`ridan-to`g`ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi. G`olib jamoa shu kunning o`zida final, mag`lublar esa 3-o`rin uchun kurash olib borishadi.

Telecom Cup
Final

Bavariya (Germaniya) – Verder (Germaniya) – 2:0

Gollar: 1:0 – Myuller (13), 2:0 – Bernat (34).

"Bavariya": Fryuxtl, Xummels, Pantelich, Martines (Fridl, 21), Xames, Rafinya (Tolisso, 21), Bernat, Myuller, Alaba, Koman (F. Getse, 21), Evina.

"Verder": Setterer, Kaldirola, Bauer, Augustinsson, Dileyni, Gondorf, Kruze, Bartels, Selassie, Vertat, Eggestayn.

    Boshqa yangiliklar