1

​XITOYDA PIChOQ KO`TARGAN ERKAK SUPERMARKETDAGI ODAMLARGA HUJUM QILDI

Dunyo 17.07.2017, 10:02
​XITOYDA PIChOQ KO`TARGAN ERKAK SUPERMARKETDAGI ODAMLARGA HUJUM QILDI

Xitoydagi Wal-Mart nomli supermarketda noma`lum erkakning pichoq bilan hujum qilishi oqibatida 2 kishi halok bo`ldi, 9 kishi yaralandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Janubiy Guandun provinsiyasi Shenchjene shahar polisiyasining ma`lumot berishicha, 30 yoshli erkak kecha, yakshanba kuni kechqurun supermarketga xarid uchun kelgan, hech qanday quroli bo`lmagan odamlarga hujum qilgan. Ayni paytda voqea yuzasidan tergov ishlari boshlandi. Jinoyatchining nima maqsadda odamlarga hujum qilgani hozircha noma`lum.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1