1

​MO`G`ILISTONNING YaNGI PREZIDENTI QARORGOHDA YaShAShDAN BOSh TORTIB, PIYoDA YuRIShGA QAROR QILDI

Dunyo 17.07.2017, 11:29
​MO`G`ILISTONNING YaNGI PREZIDENTI QARORGOHDA YaShAShDAN BOSh TORTIB, PIYoDA YuRIShGA QAROR QILDI

Mo`g`ilistonning yangi prezidenti Xaltmaagiyn Battulga o`zi uchun ajratilgan, parlament raisi Mieegombina Enxbolda va bosh vazir Jargaltulgin Erdenebatalar yashovchi hashamatli uylar yonidagi qarorgohda yashashdan bosh tortdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

So`nggi 63 yil davomida Mo`g`iliston rahbarlari Bogdoo uul tog`ida joylashgan, qat`iy qo`riqlanadigan qarorgohda yashab kelgan. Yangi prezident esa, Markaziy pochta binosi yonidagi chog`roq uyda yashashni lozim topdi. U ishga piyoda borishni ma`qul ko`rdi, chunki uning uyi bilan ma`muriyat orasidagi masofa 400 metrni tashkil etadi. Prezident ma`muriyati bu voqeadan keyin boshqa amaldorlarning ishga qimmatbaho mashinalarda, tantana bilan borishdan bosh tortishlariga umid qilmoqda. Mo`g`ilistonning yangi prezidenti mamlakatning eng boy, biznes-magnati hisoblanadi. U asosan qishloq xo`jaligi va turizm sohasida faoliyat yuritgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1