Xitoyning Szyansu provinsiyasida turar joy binosining yonishi oqibatida 22 kishi halok bo`ldi, 3 kishi engil yaralandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Avvaliga qurbon bo`lganlar soni 14 kishi, deb xabar berilgan edi. Yong`in yakshanba kuni, Chanshu shahri yaqinidagi Yuyshan aholi punkida tonggi 4.30 da boshlangan. Ayni paytda yong`in o`chirilib, uning sabablari o`rganilmoqda.
Eslatib o`tamiz, iyun oyining o`rtalarida London shahridagi ko`p qavatli, Grenfell Tower binosida chiqqan yong`in oqibatida 70 kishi halok bo`lgan edi. Yong`in paytida binoda 600 nafar odam bo`lgan.






