1

AVSTRALIYaLIK YIGITNING OYoQ BARMOG`I QO`LIGA KO`ChIRIB O`TKAZILDI

Dunyo 17.07.2017, 16:44
AVSTRALIYaLIK YIGITNING OYoQ BARMOG`I QO`LIGA KO`ChIRIB O`TKAZILDI

Avstraliyalik yigitning jarohat tufayli qo`lidagi yo`qotilgan katta barmog`ining o`rniga oyog`idagi katta barmoq ko`chirilib, noodatiy jarrohlik amaliyoti o`tkazildi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

2017 yilning aprelida avstraliyalik yigirma yoshli Zak Mitchell fermada ishlay turib, qo`lidagi katta barmog`idan ajralgan – buqa uning kaftini panjaraga shu darajada kuch bilan urishi oqibatida barmog`i uzilib ketgan edi. Boshqa ishchilar barmoqni tezlik bilan muzga solishdi, ammo jarrohlar ikki jarrohlik amaliyoti davomida ham uning vazifasini tiklay olishmadi.

Shundan keyin shifokorlar oyoqdagi katta barmoqni ko`chirib o`tkazish haqidagi qarorga kelishdi. Amaliyot sakkiz soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakun topdi.

Jarrohlarning ta`kidlashicha, kishilar kamdan-kam holatda bunday amaliyotlarga rozi bo`lishadi – birinchidan, o`zlariga ortiqcha tig` tekkazishni istashmaydi, ikkinchidan esa, oyoqdagi katta barmoqsiz yurish mushkul ish, deb hisoblashadi. «Ko`pchilikning fikricha, bu harakatlanishga kuchli ta`sir ko`rsatadi, biroq aslida bunday emas», - deya amaliyotga izoh bergan shifokorlardan biri. Yigitning onasi shifokorning so`zlarini tasdiqladi, operasiyadan ikki hafta o`tgach, o`g`li oyoqqa turib, bemalol harakatlanganligini ma`lum qildi.

Jarrohlik amaliyotidan so`ng to`la tiklanishga taxminan bir yil talab etiladi, Mitchell shundan so`ng yana fermaga qaytishni rejalashtirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1