1

​ONA O`Z QIZINING O`LISh HUQUQI UChUN KURAShMOQDA

Dunyo 17.07.2017, 22:35
​ONA O`Z QIZINING O`LISh HUQUQI UChUN KURAShMOQDA

Britaniyalik Julet Flauer o`zining bedavo genetik kasallik bilan xasta 10 yoshli qizi Rouzni umrbod uyquga ketkizmoqchi. Qizaloq ko`rmaydi, eshitmaydi, uning tanasi falaj, organizmi rivojlanmayapti. Flauer qizini azoblardan qutqarmoqchi, deb yozadi britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi.

“Bu narsa qanchalik dahshatli eshitilishini tushunaman, qizimni yo`qotib qo`yishimni o`ylasam yuragim pora-pora bo`ladi, ammo siz o`rnimda nima qilar edingiz? Farzandingiz umrini ohirigacha qiynalishini istarmidingiz?”, — ushbu so`zlar aks etgan rolik Flauer tomonidan jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar uchun yozib qoldirildi.

“Qizim juda chiroyli, u ba`zan tabassum ham qiladi. Ammo bu tabassum ortida dahshatli azoblar yotibdi. Men bu azoblarga nuqta qo`ymoqchiman. Qizimni azoblanishini istamayman”, — deydi ona.

Unga qizining evtanaziyasiga erishishga ruxsat berishadimi, noma`lum.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1