O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Sodiqov lisenziyasi "O`zbekkonsert" tomonidan bekor qilinganiga qaramay, qizg`in ijod qilmoqda.
U yaqinda "Axir sen o`sha" deb nomlangan yangi qo`shig`iga klip suratga oldirdi. Klip rejissyori taniqli aktyor va "Bolalar" guruhining ilk tarkibi a`zolaridan biri Javohir Zokirov. Videoasarni operator Jonrid Sagdiev suratga olgan.
Ma`lumot uchun, 11 iyul kuni Tohir Sodiqovga "O`zbekkonsert" tomonidan berilgan lisenziya ma`lum muddatga to`xtatilgan edi.