1

​AMERIKALIKLAR G`AROYIB HODISANING GUVOHI BO`LIShDI

Dunyo 18.07.2017, 15:24
​AMERIKALIKLAR G`AROYIB HODISANING GUVOHI BO`LIShDI

AQShning shimoliy qismida yashovchilar g`aroyib tabiat hodisasi — qutb yog`dusini tomosha qilishga muvaffaq bo`lishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Makinak ko`prigi ustida noyob tabiat hodisasi bo`lgan qutb yog`dusi aks etgan video AVS telekanalining Twitter sahifasiga joylashtirildi. Olimlarning ma`lumot berishicha, mazkur kenglikka xos bo`lmagan qutb yog`dusining paydo bo`lishiga Quyoshdagi kuchli magnit bo`roni sabab bo`lgan. Mazkur go`zallikdan nafaqat Michigan, balki Vashington, Viskonson, shu bilan birga Nyu-York aholisi ham bahramand bo`ldi.
Osmon shousi yakshanba kuni — tungi 23.00 dan, dushanba tongi — 05.00 ga qadar davom etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1