1

​AMERIKALIK AYoLGA 25 YIL ILGARI YO`QOLGAN SUMKASI QAYTARILDI

Dunyo 18.07.2017, 16:51
​AMERIKALIK AYoLGA 25 YIL ILGARI YO`QOLGAN SUMKASI QAYTARILDI

Amerikaning Janubiy Karolina shtatida yosh baliqchi mahalliy aholiga tegishli bo`lgan ayolning 25 ilgari ko`lga cho`kkan sumkasini topdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Topilgan sumka ichidagi buyumlarga oradan chorak asr o`tganiga qaramay, zarar etmagan.

Buyumlarni 11 yoshli Brodi Bruks Xartnell ko`lidan topgan. Bolaning qarindoshi bo`lgan Ben Mayers imli bola unga sumkani suvdan chiqarishga yordam bergan. Mayers sumkani ochib tekshirganda, u o`zi bilan maktabda birga o`qigan sinfdoshining qarindoshi ekanligini aniqladi.

Sumka egasi 49 yoshli Eypril Bolt shu paytgacha ko`ldan uzoq bo`lmagan joyda yashagan. Sumkasini esa 1992 yilda oilasi bilan yaxtada sayr qilayotganda ko`lga tushirib yuborgan. U qachonlardir sumkasi topilishidan umidini uzgan edi. Ayolning taxmin qilishicha, sumkani topib olgan odam uning ichidagi 60 dollarni olib, sumkani qaytarib, suvga otib yuborgan. Oradan uzoq yillar o`tganiga qaramay, suv sumka ichidagi kredit kartalari, kosmetika vositalariga zarar etkazmagan. Ayol buyumlardan ham ko`ra sumkasidan topilgan, ayni paytda 26 yoshda bo`lgan o`g`lining 15 oylik fotosurati topilganidan juda xursand bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1