Italiyaning “Lasio” jamoasi Angliyaning “Liverpul” yarim himoyachisi Lukas Leyvani o`z tarkibiga qo`shib olganini e`lon qildi.
Transfer naxri va tomonlar kelishuvining moliyaviy shartlari hozircha ma`lum qilinmagan. Norasmiy manbalarga ko`ra, transfer summasi 5 mln funtga teng bo`ldi.
Ma`lumot uchun, Leyva 2007 yildan buyon “qizillar” safida to`p surib kelayotgan edi. 30 yoshli futbolchi “Liverpul” safida 350 ga yaqin o`yinda maydonga tushib, Angliya Liga kubogini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lgan.






