1

SAUDIYa ARABISTONIDA MINI YuBKA KIYGAN QIZ QAMALIShI MUMKIN

Dunyo 19.07.2017, 10:44
SAUDIYa ARABISTONIDA MINI YuBKA KIYGAN QIZ QAMALIShI MUMKIN

Saudiya Arabistoni hukumati Ushaykir fortida mini yubka kiyib aylanib yurgan model qiz Xulud ustidan tergov-surishtiruv ishlarini boshladi, deb xabar beradi "Korrespondent.net".

Xulud diqqatga sazovor maskanda kalta yubkada aylanib yurgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.


Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid qilinmoqda: ayrim saudiyaliklar model qizni islom dini me`yorlarni buzganlikda ayblab, uni qamoqqa olishni talab qilmoqda.

Ayrimlar esa qizning jur`atliligi uchun uni maqtashmoqda.

Saudiya Arabistonida ayollar tanalarini boshdan oyoq yopib turadigan uzun va keng ko`ylak kiyib, boshlariga ro`mol o`rab yurishlari shart qilib belgilangan. Mamlakatda istiqomat qiluvchi ayolllarga shuningdek, avtomobil boshqarish va begona erkaklar bilan muloqot qilish ham taqiqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1