1

MINNEAPOLIS POLISIYaSI 911 GA QO`NG`IROQ QILGAN QUROLSIZ AYoLNI OTIB TAShLADI

Dunyo 19.07.2017, 11:26
MINNEAPOLIS POLISIYaSI 911 GA QO`NG`IROQ QILGAN QUROLSIZ AYoLNI OTIB TAShLADI

15 iyul kuni AQShning Minneapolis shahrida polisiyachi qurolsiz ayolni otib o`ldirdi, deb xabar beradi Meduza.

AQShga Avstraliyadan kelgan Jyustin Ruschik avgust oyida turmushga chiqmoqchi edi.

Ayol uyining yaqinida ro`y bergan voqea haqida polisiyaga ma`lumot berish uchun 911 raqamiga qo`ng`iroq qilgan edi. Ammo oradan 20 daqiqa o`tib, uning o`zi halok bo`ldi.

Polisiya bo`lgan voqealarni oshkor qilmayapti. Hatto ayolning qarindoshlari ham uning o`limi sabablari va shart-sharoitlaridan bexabar. Shunisi ma`lumki, Ruschik 911 ga qo`ng`iroq qilib, polisiya chaqirgan. U uyining yaqinida jinsiy tajovuzga guvoh bo`lgani aytilmoqda.

Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilardan biri shu paytda ko`chaga chiqqan Ruschikni otib tashlagan.

Ayolga qarata o`q uzgan polisiyachining ismi-sharifi — Muhammad Nur. U Minneapolis polisiyasida 2015 yildan buyon ishlab kelgan. 31 yoshli polisiyachi ustidan ko`plab shikoyatlar kelib chiqqan, shulardan ikkitasi yuzasidan taftishlar haligacha davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1