AsosiyDunyo

QOZOG`ISTONDA BOLASINI POLGA IRG`ITGAN AYoL QIDIRILMOQDA (VIDEO)

'QOZOG`ISTONDA BOLASINI POLGA IRG`ITGAN AYoL QIDIRILMOQDA (VIDEO)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bolasini polga irg`itgan ayol aks etgan videorolik paydo bo`lgandan keyin Qozog`istonnig Olmaota viloyatida uni qidirish ishlari boshlandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur videorolik “VKontakte” ijtimoiy tarmog`idagi “Men guvohman” guruhiga joylashtirilgan. Voqea taxminan Olmaota viloyatidagi Talgar tumanida sodir bo`lgan.

Kadrda krovatda g`azablangan ayol o`tirgani, u yonidagi qizchaga qo`pol munosabatda bo`lib, yoniga o`tirishni buyurgani, kichkina bolaning qichqirib yig`layotgani aks etgan. Kadr ortidan erkak kishining bolani tinchlantirishni so`raganini, ayol esa o`rnidan sakrab turib, bolani polga irg`itganini ko`rish mumkin.

Olmaota viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, videorolikdagi ayol qidirilmoqda. “Agar ayol haqiqatan ham Talgar tumanida yashasa, unga nisbatan qonuniy chora ko`riladi”, deb ma`lum qildi IIB matbuot xizmati.



    Boshqa yangiliklar