1

O`ZBEKISTON YoShLAR TERMASI U-23 OCh FINAL BOSQIChIGA YO`LLANMANI QO`LGA KIRITDI

Sport 20.07.2017, 00:10
Teglar: Futbol
O`ZBEKISTON YoShLAR TERMASI U-23 OCh FINAL BOSQIChIGA YO`LLANMANI QO`LGA KIRITDI

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “D” guruhi 3-turida mezbon BAA U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi.

2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati final bosqichining to`g`ridan-to`rg`i yo`llanmasi uchun kechgan o`yinda Islomjon Qobilov va Javohir Siddiqovning gollari O`zbekiston yoshlar termasiga g`alaba keltirdi.

Eslatib o`tamiz, saralash bosqichining dastlabki o`yinda Ravshan Haydarov shogirdlari Livanni (3:1), ikkinchi turda Nepalni esa (2:0) taslim qilgandi. O`tkazilgan uch o`yinda 100 foizlik natija ko`rsatgan O`zbekiston U-22 termasi birinchi bo`lib OCh yo`llanmasiga ega bo`ldi.

U-23 OCh saralashi
“D” guruhi, 2-tur
17 iyul, chorshanba

BAA – O`zbekiston 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: Islomjon Qobilov (67), Javohir Siddiqov (90)

BAA U-22: Muhammad Busanda, Ahmad Rashid, Said Juma al-Saadi, Muhammad Abdulbosit, Majid Ibrohim, Ahmad Husayn al-Hashmi, Muhammad al-Akbari, Muhammad Rashid, Xolid Ibrohim, Suhail Ahmad Said, Abdulaziz Salim al-Kaabi.

O`zbekiston U-22: Botirali Ergashev, Islomjon Qobilov, Akram Komilov, Doston Tursunov, Abbos Otaxonov, Azizjon G`aniev, Jasur Yaxshiboev, Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov, Sharof Muhitdinov, Zabihillo O`rinboev.

Jamoalar

O`

G`

D

M

T/N

O

1.

BAA

2

2

0

0

6-0

6

2.

O`zbekiston

2

2

0

0

5-1

6

3.

Livan

2

0

0

2

1-4

0

4.

Nepal

2

0

0

2

0-7

0

Ma`lumot uchun, U-23 Osiyo chempionati 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1