AsosiySport

Rasman: “Chelsi” Alvaro Moratani sotib olganini ma`lum qildi

'Rasman: “Chelsi” Alvaro Moratani sotib olganini ma`lum qildi'ning rasmi

Angliya chempioni "Chelsi" klubi "Real" hujumchisi Alvaro Moratani transferini sotib olganini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma`lumot berdi.

"Chelsi" tez orada futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oladi va rasman shartnoma imzolaydi. Alvaro Morataning transferi uchun "Chelsi" "Real"ga 80 million evro to`ladi.

Alvaro Morata esa ispaniyalik eng qimmat futbolchiga aylandi. Bunga qadar rekord Fernando Torresga tegishli edi. 2011 yili "Chelsi" Torresni "Liverpul"dan 58 million evroga sotib olgandi.

Boshqa yangiliklar