AsosiyDunyo

O`YNAYoTGAN BOLALAR TUPROQ TAGIDAN TIRIK ChAQALOQ TOPIShDI (VIDEO)

'O`YNAYoTGAN BOLALAR TUPROQ TAGIDAN TIRIK ChAQALOQ TOPIShDI (VIDEO)'ning rasmi

Bu dahshatli voqea Hindistonning Odisha shtatida ro`y berdi, deb xabar berdi Pozitivno.me nashri.

O`ynash uchun to`plangan bolalar erga nimadir ko`milganini ko`rib, kavlab ko`rishdi. Oqibatda... tuproq tagidan jajjigina chaqaloq qo`li ko`rindi. Shundan keyin ular bu haqda kattalarni ogohlantirish uchun uylari tomon yugurishdi. Oradan bir necha daqiqa o`tgach, voqea joyini o`nlab odamlar o`rab oldi. Ular tuproqni kavlab, tug`ilganiga atigi bir necha soat bo`lgan, lattaga o`ralgan chaqaloqni topishdi. Uning ovozi eshitilmasligi uchun yuzi ham latta bilan o`ralgan edi.

Bu voqea Hindistondagi yagona hodisa emas. Agar kambag`al oilada qizaloq tug`iladigan bo`lsa, u oilasidagilar uchun katta muammo tug`diradi. Chunki Hindistonda qiz uzatish uchun juda katta mablag` zarur bo`ladi. Shundan keyin aksariyat onalar qizaloqdan qutilishning ana shunday mudhish yo`llarini tanlashadi...


    Boshqa yangiliklar