AsosiyDunyo

​AMERIKALIK ROBOT-POLISIYaChI “O`Z JONIGA QASD QILDI”

'​AMERIKALIK ROBOT-POLISIYaChI “O`Z JONIGA QASD QILDI”'ning rasmi

Vashington savdo markazida patrullik qilayotgan Knightscope roboti adashib, favvoraga kirdi va cho`kib ketdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Hodisaga guvoh bo`lganlar robotning bu harakatini “o`z joniga qasd qilish”, deb atadi. “Bizga uchar mashinalar ajratishni va`da qilishgan edi, uning o`rniga “o`z joniga qasd qiluvchi” robotlarga ega bo`ldik”, deb yozdi polisiyachilardan biri o`zining Twitter sahifasida.

Robot ishlab chiqarilgan kompaniya vakilining so`zlariga qaraganda, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Kompaniya eski Knightscope robotining o`rniga yangisini bepul ravishda taqdim etishni rejalashtirdi.

Mazkur robot ochiq va yopiq kengliklarda shubhali shaxs va narsalarni kuzatish uchun mo`ljallangan. Knightscope ijarasi soatiga etti dollarni tashkil etadi. Bu Knightscope robotiga bog`liq ilk voqea emas. O`tgan yili robot savdo markazida 16 oylik bolaning oyog`ini bosib ketgan edi.

    Boshqa yangiliklar