14.08.2013 22:41
AQSh qirg`oqlarida delfinlar ommaviy tarzda nobud bo`lmoqda
Iyul oyidan buyon bu erda 124 ta o`lik jonivor topilgan, bu bir yil ichidagi ko`rsatkichdan 7 marta ko`p. Delfinlarning deyarli barchasi o`lik holatda topilgan, faqat ettitasigina qirg`oqqa hali tirik paytida tashlangan.
Oxirgi bor bunday holat o`tgan asrning 80-yillarida kuzatilgandi, o`shanda virusdan 700 ta delfin nobud bo`lgan. Ekspertlar ushbu sut emizuvchilarning o`limiga aynan infeksiya sababchi bo`lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Nobud bo`lgan delfinlarning to`qimalaridan ularni taxminiy o`limga olib kelgan kasallikni qo`zg`atuvchi virus topilgan.
Jonivorlarning jasadi ochib tekshirilganida, ularda o`pka shikastlanishi borligi aniqlangan. Biroq hozircha nobud bo`lgan barcha delfinlarni bog`lovchi umumiy bir kasallik yoki jarohat topilmagan.