Devor orasiga jasadi suvab tashlangan noma`lum maxluq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini o`yga toldirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Reddit portalining foydalanuvchisi uyini ta`mirlayotgan vaqtda devor orasidan topilgan noma`lum maxluqning jasadi qoldiqlari aks etgan fotosuratni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Foydalanuvchilar uni “yo`qolgan bechora maxluq”, “Garri Potter”dagi uy elfi, deb taxmin qilishdi. Boshqa foydalanuvchilar esa bu olmaxon, enot yoki mutant kalamush bo`lishi mumkinligini aytishdi. Sirli mavjudotni afsonaviy chupakabru, deb qabul qilganlar ham bo`ldi.
Asukakindred nikli foydalanuvchi esa “har qanday sharoitda ham sirli maxluq bekinmachoq qiroli” bo`lib qolishini ta`kidladi.






