AsosiyDunyo

Indoneziyada Rokatenda vulqoni uyg`ondi: 6 kishi halok bo`lgan (video)

Indoneziyaning sharqiy qismida joylashgan Kichik Zond orollaridagi Rokatenda vulqoni otilishi natijasida olti kishi hayotdan ko`z yumgan.
Qariyb ikki kilometr balandlikka kul va tutun otib chiqargan vulqon erta tongda qirg`oqbo`yida joylashgan Rokirole qishlog`ining bir qismini lava ostida qoldirgan. Voqeadan bir kun oldin Indoneziya hukumati vulqon yaqinida joylashgan aholi punktlaridan uch mingga yaqin aholini evakuasiya qilgandi. 

Biroq, shunga qaramasdan, hukumatning ogohlantirishidan qo`rqmaganlar ham bo`ldi. Oqibatda ularning oltitasi nobud bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, halok bo`lganlar orasida uch nafar yoshi katta kishi va ikkita bola bo`lgan. Rokatenda Indoneziyadagi 129 ta uyg`oq vulqondan biri hisoblanadi. 

17 mingdan ziyod oroldan iborat arxipelagda 240 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Indoneziyaliklar zilzila va vulqon otilishlariga ko`nikib ketgan, chunki ularning mamlakati Er sayyorasining seysmik jihatdan eng faol nuqtalaridan birida joylashgan. 

    Boshqa yangiliklar