Bu erda Narimon Jalolov, To`lagan Isoqov va Samvel Babayan paxtakorchilarni yodga olib, yangi monument haqida so`zlab o`tishdi. Shundan so`ng, Narimon Jalolov marhum futbolchi Mixail Anning o`g`li Dmitriy An bilan birgalikda yangi yodgorlik ochib berishdi. Tadbirda jamoa muxlislari, Paxtakor-79 futbolchilarining oila a`zolari va do`stlari, PFL va O`FF xodimlari, hozirgi jamoa vakillari, "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Mash`al" jamoalari futbolchilari jam bo`lishdi.
11 avgust kuni shuningdek "Xotira qanotlari" turniri finali ham o`tkazildi. Unda "Paxtakor" va "Mash`al" akademiyalarining 1998 yilda tavallud topgan futbolchilari to`qnash kelishdi. Uchrashuvda poytaxtlik futbolchilar 2-1 hisobida g`alaba qozonishdi.












Foto: [url=no-img.jpg]pakhtakor.uz