AsosiyDunyo

TURKIYa VA GRESIYaNING KURORT ShAHARLARIDA KUChLI ZILZILA RO`Y BERDI

'TURKIYa VA GRESIYaNING KURORT ShAHARLARIDA KUChLI ZILZILA RO`Y BERDI'ning rasmi

Turkiyaning janubi-g`arbiy qirg`oqlarida kuchli zilzila ro`y berdi, deb xabar berdi Rbc.ru nashri.

Zilzilaning epimarkazi kurort shaharlar hisoblangan Bodrum va Marmaris shaharlari bo`ldi. Greklarning kurort joyi hisoblanadigan Kos orolida zilzila oqibatida odamlar qurbon bo`ldi.


Reuters agentligining xabar berishicha, Turkiyaning Bodrum kurort shahridan 12 kilometr uzoqlikda Egey dengizida 6,7 balli zilzila yuz berdi. Zilzila ta`sirida sunami vujudga kelganiga qaramay, u hech qanday xavf tug`dirmadi. Odamlar plyajlardan uzoqroqqa ketish haqida ogohlantirildi.

Turkiya qirg`oqlari yaqinidagi Gresiyaning kurort Kos orolida zilzila oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, yana bir necha kishi tan jarohati oldi. Zilzila mahalliy vaqt bilan tungi 1:31 da bo`ldi.

Marmaris va Bodrum shahar ma`muriyati zilzila oqibatida vayronagarchiliklar ro`y bermaganligini, ba`zi bir eski binolarda yoriqlar paydo bo`lganligini ma`lum qildi. Provinsiya gubernatori Mexmed Kochadonning so`zlariga qaraganda bir necha kishi jabrlangan. Ular orasida chet ellik sayohlar bor-yo`qligi haqida ma`lumotlar yo`q.

CNN Turk nashrining bergan ma`lumotiga ko`ra, Bodrum shahrida 70 kishi zilziladan jabrlangan. Ularning asosiy qismi yiqilish natijasida tan jarohati olgan. Kos orolida ro`y bergan zilzila haqida britaniyalik sayyohlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda yozishdi.


    Boshqa yangiliklar