Saudiya Arabistoni polisiyasi qirollik oilasi a`zosi, shahzoda Saud bin Abdulaziz bin Musaedni hibsga oldi. Shahzoda odamlarni haqorat qilayotgani va urayotgani aks etgan video internetga joylashtirilganidan so`ng mamlakat qiroli shahzodani hibsga olish haqida qaror chiqardi.
Shahzoda bilan birga odamlarni tahqirlashga bosh qo`shgan uning bir nechta tanishlari ham qo`lga olingan.
Polisiya harakatning boshqa ishtirokchilari va jabrlanuvchilar haqida ma`lumotlar to`plamagunga qadar shahzoda va uning tanishlari hibsda ushlab turiladi.






