Misr poytaxti Qohiraning janubiy qismida joylashgan Maadi tumanida kuchli portlash bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, restoranlardan birida gaz ballon portlagan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.
Ilgari Xitoyning Xanchjou shahridagi restoranlardan birida portlash ro`y bergani haqida xabar bergan edik. Portlash oqibatida o`nlab odamlar yarador bo`ldi.






