Amerikalik va germaniyalik olimlar chekmaydigan, semizlikdan aziyat chekmaydigan, spirtli ichimliklarni me`yorida iste`mol qiluvchi odamlar boshqalaraga nisbatan o`rta hisobda etti yil ortiqcha umr ko`rishini aniqladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mazkur tadqiqot haqidagi maqola Health Affairs jurnalida chop etilib, bu haqda Maks Planka nomli Jamiyat (GFR) xabar berdi.
Maqola mualliflari 50-89 yoshli, o`rta hisobda 4-5 yil uzoq yashagan 14 ming nafar amerikaliklar statistikasini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Ekspertlarning fikricha, insonning uzoq umr ko`rishiga uch omil — semizlik, tamaki chekish va spirtli ichimlik iste`mol qilish) asosiy sabab bo`ladi va jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Semizlik bolalikdagi nogironlikdan, chekish erta o`lishdan, spirtli ichimlik iste`mol qilish esa sog`likning yomonlashuvidan ko`ra, inson umrining qisqarishiga jiddiyroq ta`sir ko`rsatadi.
Nafaqat chekmagan, ortiqcha vaznga ega bo`lmagan, shu bilan birga spirtli ichimlik iste`mol qilmagan erkaklar boshqalarga nisbatan 11 yil, ayollar esa 12 yil ortiq umr ko`rishi ma`lum bo`ldi.