Rossiya liberal demokratik partiyasi etakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiyada o`quv yilini bir oy ortga surishni taklif qildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
“Yoz faslini hech bo`lmaganda bir oy ortga surish uchun o`quv yilini 1 oktyabrdan boshlashni talab qilaman. Sentyabr ob-havosi juda ajoyib bo`ladi”, deya o`z so`zlariga izoh berdi siyosatchi.
Uning so`zlariga qaraganda, haqiqatan ham qachonlardir o`quv yili 1 oktyabrdan boshlanib, bu narsa hech kimga hech qanday muammo tug`dirmagan.
“Shunda Duma ham me`yorida dam olardi, fuqarolarimizni hech hech qanday muammo qiynamasdi”, dedi Vladimir Jirinovskiy.






