Interpol Evropada terrorchilik aktlarini sodir qilish uchun o`qitib, tayyorlangan 173 nafar terrorchining ro`yxatini ma`lum qildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Mazkur ro`yxat “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi Suriya va Iroqda o`tkazilgan harbiy operasiyalar vaqtida olingan AQSh razvedkasi tomonidan Interpolga berilgan ma`lumotlar asosida tuzildi.
Ro`yxatda odamlarni o`ldirish va tan jarohati etkazish uchun o`zlari qo`lbola portlash vositalarini yasaydigan, o`rnata oladigan terrorchilar o`rin olgan. Ularning Evropa mamlakatlarida terrorchilik aktlarini o`tkazishni rejalashtirishayotgani taxmin qilinmoqda. Gumonlanuvchilarning ayni paytda Evropaga etib kelgan-kelmaganligi noma`lum.
Hujjatda ularning ismi-sharifi, terrorchilik guruhiga a`zo bo`lgan sanasi, so`nggi yashash joyi, ular qatnaydigan machit manzili, ota-onasining ismi-sharifi va fotosuratlari ilova qilingan.






