Robinson R44II rusumli vertolyot falokatga uchrab, Los-Anjeles ko`chalaridan biriga quladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Baxtli tasodifga ko`ra, falokatga guvoh bo`lgan odamlardan hech kim jabrlanmadi. Vertolyotda bo`lgan uchuvchi, ikki yo`lovchi va 16 yoshli qiz turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.
Mazkur vertolyot havo kemalarining ijarasi bilan shug`ullanuvchi Van-Nuys kompaniyasiga tegishlidir.






