AsosiyDunyo

QO`L-OYoQSIZ BODIBILDINGChI YIGIT IJTIMOIY TARMOQLARNI ZABT ETDI (VIDEO)

'QO`L-OYoQSIZ BODIBILDINGChI YIGIT IJTIMOIY TARMOQLARNI ZABT ETDI (VIDEO)'ning rasmi

21 yoshli, tug`ma bir qo`li va oyoqlari bo`lmagan bodibildingchi yigit sport zaldagi 70 kilogrammli avtomobil pokrishkasini ko`targani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Nik Santonastasso juda kam uchraydigan, tug`ma Xanxart sindromi bilan tug`ilgan. Bu kasallik qo`l-oyoqlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday tashxis bilan tug`ilgan bolalarning 30 foizigina yashab keta oladi. Ammo mazkur kasallik Nikning sport bilan shug`ullanishiga va bodibildingchi bo`lib etishishiga xalaqit qilmadi. Xanxart sindromi bilan tug`ilgan 12 nafar odamning 8 nafari hozirgi kunda vafot etgan.

Nashrning ma`lum qilishicha, yigit anchadan beri jamoatchilik diqqatini o`ziga tortib kelmoqda. U ilgarilari “yuruvchi o`lik” uslubidagi dahshatli prankilarda suratga tushgan.

Bugunga kelib, umidsizlikka tushmaydigan yigit bodibilding bilan muntazam ravishda shug`ullanmoqda. U odamlarni qo`rqitib, turli videoroliklarda suratga tushganligini, endi esa foydali ish bilan shug`ullanishni niyat qilganligini bildirdi. Nik fitnes-model bo`lishni maqsad qilganligi uchun turli asosli mashg`ulotlarda qatnashmoqda. U jismoniy nuqsonlariga qaramay, sirayam kayfiyatini tushirmaydi, tushkunlikka tushmaydi.


    Boshqa yangiliklar