AsosiyShou-biznes

​“SALOM, BOBO!” YoXUD INSONIYaT QALBIDAGI BO`ShLIQ

'​“SALOM, BOBO!” YoXUD INSONIYaT QALBIDAGI BO`ShLIQ'ning rasmi

Taniqli rejissyor, ssenarist va aktyor Rashid Malikov “O`zbekkino” Milliy agentligining buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan ishchi nomi “Salom, bobo!” (“Bo`shliq”) bo`lgan badiiy filmni suratga olish ishlari bilan band.

Mazkur kinokartina tomoshabinni befarq qoldirmaydigan filmlar sirasiga kiradi, desak, mubolag`a bo`lmaydi. Nega deganda, mazkur filmda hozirgi taloto`p zamonda yo`qolib borayotgan VIJDON deb atalmish inson tiynatidagi eng muqaddas tuyg`u etakchilik qiladi...

Bosh qahramon qoraqalpoq Saydullo (Karim Mirxodiev) ning chekiga ancha-muncha mashaqqatlar tushdi. U “afg`on urushi”da bo`ldi. Qon yutib, qon kechdi. Qo`liga qurol olib, odam o`ldirdi. Urush taqozosi bilan, qarangki, do`sti Sharap (Saydullo Moldaxonov) ga qurol o`qtashga majbur qilishdi. Ammo shirin jonini o`ylamay, do`stiga o`q uzmadi. Bu battol qilmishni vatandoshi mayor Nazarov bajaradi — dushman qo`liga tushgan uchovlon tang vaziyatda qoldi, afg`onlar Sharapni tiz cho`ktirib, Saydulloni do`stiga qarata o`q uzishga majburlashadi. Boshiga qilich kelganda ham bunday ish qilolmaydigan Saydulloning o`rniga qotillikni mayor Nazarov (Behzod Hamroev) bajaradi... Lekin hayot davom etaveradi. Urushdan yuragida xarsangtosh bilan, jismonan emas, balki ma`nan, ruhan majruh holda vatanga qaytgan qahramonimiz hayotini izga sololmay jonhalak bo`ladi. Chunki u muqaddas deb bilgan prinsiplar puch bo`lib chiqdi. Eson-omon ona yurtga qaytgan esa-da, erta-yu kech urush talofatlari, harbiycha hayot ko`z o`ngidan ketmaydi. Ustiga ustak, oilasi bilan turmushi “ular murod-maqsadlariga etibdi” qabilida yakun topmaydi...

Mazkur filmda taniqli aktrisalar Nigora Karimboeva, Zulxumor Mo`minovalar turli obrazlarni yaratgan. Postanovkachi operator — Bahodir Yo`ldoshev. Kartina direktori- Abduvohid Axmedxonov, ikkinchi rejissyor — Bahriddin Aynazarovlardir.

    Boshqa yangiliklar