AsosiyDunyo

AVSTRALIYaLIK TALABA QIZ BIR ASRDAN BERI OKEAN QA`RIGA YaShIRINGAN 2 TONNALI BALIQNI TOPDI (VIDEO)

'AVSTRALIYaLIK TALABA QIZ BIR ASRDAN BERI OKEAN QA`RIGA YaShIRINGAN 2 TONNALI BALIQNI TOPDI (VIDEO)'ning rasmi

Avstraliyaning Perte shahridagi Merdok universiteti talabasi Marianna Negard suyakli baliqlar turiga mansub dunyoda eng og`ir — xudvinker quyoshli balig`ini topdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Qiz Hind va Tinch okeanidagi quyoshli baliqlar genetikasini o`rgan qiz baliqning yangi turini topdi. Tadqiqot uchun uch yil vaqt sarflandi. Mazkur ikki tonnali baliqlar tarkidunyochilikni xush ko`rib, aksariyat vaqtlarini yolg`izlikda o`tkazishi aniqlandi. Quyoshli baliqlar okeanning odam oyog`i etmas, o`rganish qiyin bo`lgan hududlarida yashaydi.

Ularning quyoshli baliqlar deb atalishiga, mazkur baliqlarning ovqat izlab, okean tubiga tushishlari va quyoshda isinish uchun yuqoriga ko`tarilishlari sabab bo`lgan. Olimlar 130 yildan beri quyoshli baliqlar (xudvinkerlar)ni uchrata olmayotgan edi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar