Gollivud aktyori Nikolas Keyj Astanada o`tgan "Evraziya" kinofestivalida ishtirok etdi. U mazkur kinofestivalda qozoq milliy liboslari chopon va telpakda namoyon bo`ldi.
Chopondagi Keyjning Qozog`iston xalq artisti Ayman Musaxo`jaevaning yonida tushgan surati internetda ommalashdi va sanoqli daqiqalar ichida memga aylandi.
Bundan oldin aktyorning "Vampir bo`sasi" filmidagi kadri mashhur memga aylangan edi.










