Ijtimoiy tarmoqlarga hindistonlik mashhur teleboshlovchi Kanchan Natning ustiga palma daraxti qulashi oqibatida halok bo`lgani aks etgan videorolik joylashtirildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Videorolikka berilgan izohda yozilishicha, boshlovchi ayol yoga mashg`ulotidan qaytayotganda uning ustiga palma daraxti qulagan. Mazkur voqeani kuzatuv kamerasi videoga olgan. 58 yoshli, Hindistonning Doordarshan davlat telekanali boshlovchisi bo`lgan Kanchan Nat olgan tan jarohati tufayli kasalxonada vafot etgan.






