AsosiyDunyo

MOSKVADA KEKSA KAMPIRNING UYIDAN 50 MILLIARD DOLLAR O`G`IRLANDI

'MOSKVADA KEKSA KAMPIRNING UYIDAN  50 MILLIARD DOLLAR O`G`IRLANDI'ning rasmi

Abxaziyalik erkak Moskva shahrining janubiy qismida yashovchi pensioner ayolning uyidan qimmatbaho zargarlik buyumlari va pullarini o`g`irladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Moskva shahrida yashovchi pensioner ayolning uyidan o`g`ri turli mamlakat valyutalarini va zargarlik buyumlarini o`g`irlagan. O`g`irlik yakshanba kuni kechasi, Moskvaning Krivorojskiy ko`chasida ro`y bergan. Jinoyatchi 68 yoshli kampirning uyiga o`g`irlikka tushib, u erdan 137 ming rubllik zargarlik buyumlari, 20 evro, 100 dollar, 1000 Ozarbayjon manati va Zimbabvening 50 milliard dollarini o`g`irlagan.

61 yoshli, abxaziyalik bo`lgan jinoyatchini polisiya daliliy ashyo bilan qo`lga oldi.

    Boshqa yangiliklar