"Dizayn" jamoasi a`zosi Sa`dulla Fathullaev ikkinchi marotaba otalik baxtiga sazovor bo`ldi.
Bu haqda qiziqchining o`zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.
"Kesak TV" hajviyasidagi rais buva obrazi orqali tomoshabinlar e`tiboriga tushgan Sa`dulla qiz farzandli bo`ldi.
"Bugun hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri. Sababi, men bugun ikkinchi marotaba qiz farzandli bo`ldim. Judayam xursandman", —deydi qiziqchi Instagram`dagi videomurojaatida.