AsosiyDunyo

ERON YaNGI VALYuTAGA O`TMOQDA

'ERON YaNGI VALYuTAGA O`TMOQDA'ning rasmi

Eron amaldagi rialning o`rniga “tuman” pul birligiga o`tmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasining kotibi Muhsin Hoji Mirzoiy xabar berdi.

“Pul hisob-kitobini soddalashtirish maqsadida shu qarorga keldik. Bir tuman o`n rialga teng bo`ladi, bu bilan bitta nolni kamaytirishga muvaffaq bo`lamiz”, dedi u. Eronda 1932 yilga qadar tuman muomalada bo`lib, keyinchalik rialga o`tilgan edi. Endi esa aksincha tumanga qaytilmoqda. Boshqa pul birligiga o`tish hukumat iqtisodiy komissiyasi tomonidan olti oy mobaynida o`rganildi. Pul islohoti loyihasi o`tgan yilning noyabr oyida taqdim etilgan edi.

Hozirga qadar tuman Eronning norasmiy pul birligi hisoblanib kelgan. Eronliklar kundalik hayotlari davomida “tuman” so`zini muntazam ravishda ishlatib kelishi chalkashliklarni yuzaga keltirar edi. Rial so`nggi yillarda juda qadrsizlanib ketdi. Ayni paytda AQSh dollari Eronda 39 ming rialni tashkil etgan bo`lsa, endidan boshlab, 3,9 ming tumanni tashkil qiladi. Eronda bitta belgini denominasiya qilib, pul kupyuralaridagi uchta yoki to`rtta nolni olib tashlash taklif etilgan edi, ammo bunday keskin qadam qo`ymaslikka qaror qilindi.

    Boshqa yangiliklar